Главная \ Матбуот \ Марказ янгиликлари \ Doktorant va izlanuvchilar diqqatiga!

Doktorant va izlanuvchilar diqqatiga!

Doktorant va izlanuvchilar diqqatiga!

 

Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilarga oftalmologiya mutaxassisligi bo'yicha malakaviy imtihon o‘tkazilish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan oftalmologiya mutaxassisligi fan bo‘yicha navbatdagi malakaviy imtihon (rejaga asosan) uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.

 

Malakaviy imtihon topshirish uchun hujjatlar Ilmiy kotibga taqdim qilinadi, jumladan:

 

1.  Ariza (telefon raqami ko‘rsatilgan holda)

2.  ID karta (Pasport) nusxasi

3.  Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash va/yoki chop etilgan OAK byulletendan nusxasi

4.  Boshqa muassasa ilmiy izlanuvchilari uchun – yo‘llanma xat (RIKMIATM direktori nomlariga)

 

Hujjatlarni taqdim etish joriy yilning 15 fevraliga qadar davom etadi.

 

Izoh: Malakaviy imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan sana va bo‘lib o‘tadigan joy qo'shimcha xabar beriladi.