Докторантурага танлов
RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN KO'Z MIKROXIRURGIYASI
ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI
2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), stajyor tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikga quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tanlov
e’lon qiladi!
Tayanch doktorantura uchun
14.00.08 -“ OFTALMOLOGIYA” ixtisosligi bo’yicha
Stajyor tadqiqotchilik uchun
14.00.08 -“ OFTALMOLOGIYA” ixtisosligi bo’yicha
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza - RIKMIATM direktori nomiga
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi (klinik ordinatura) diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (tayanch doktoranturaga kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” daraja. Stajyor tadqiqotchilikga talab etilmaydi.
7. Pasport nusxasi.
8. Ish joyidan tavsifnoma
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali 15 sentabrdan 15 oktabrgacha roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Diqqat! 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoni 3 (b)-bandida asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga talabgorlarni qabul qilish kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishining taqdimoti asosida amalga oshiriladi.
Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yoli, 14
Telefon: +99871 217 49 37