Qabul 2026
"Oftalmologiya" ixtisosligi bo'yicha klinik ordinaturaga
QABUL
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2026 y 20 iyuldagi 232-sonli buyrugiga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi "Oftalmologiya" ixtisosligi bo'yicha klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar qabul qilinishini e'lon qiladi.
• O'qitish shakli va muddatlari - kunduzgi, 2 yil
• Klinik ordinatura oʻqishga kirish uchun talabgorlar tomonidan topshiriladigan hujjatlar medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali elektron shaklda tanlov e'lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 20 avgustigacha(shu kuni ham) qabul qilinadi.
• Talabgor medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali mustaqil ravishda elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ø shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
Ø oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (yoki diplomdan koʻchirma - Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Ø Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadigan, boshqa davlatlarda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini tugatgan shifokorlar uchun oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganligi (hukumatlar oʻrtasidagi bitim bilan tan olingan davlatlar bundan mustasno) hujjati;
Ø qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat;
Talabgorning klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga kirish uchun bir vaqtning oʻzida bir nechta muassasada tanlovda qatnashishi taqiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2026 y 20 iyuldagi 232-sonli buyrugiga asoslanib tanlov o'tkazish tadbirlarini bajarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash maqsadida klinik ordinatura (rezidentura)ga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan talabgordan Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hisob raqamiga bazaviу hisoblash miqdorining yarim barobari miqdorida undiriladigan tushumni tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlashdan tushadigan mablag'lar sifatida shakllantiriladi.
H/r 401410860262627073202054001
Murojaat uchun ma'lumot:
Call-center (dushanba-shanba kunlar soat 9.00 – 18.00) +998 90 954 17 28
Ma'sul kotib Mavlyanova U.F.